Savollar
Koʻp beriladigan savollar
Javob topilmasa, yozing — mutaxassisimiz bogʻlanadi.
Boshlash
Roʻyxatdan oʻtish qancha vaqt oladi?
Ikki daqiqa: markaz nomi, manzil, telefon va email. Emailga kelgan kodni yozasiz — markaz tayyor.
Karta kerakmi?
Yoʻq. Bepul reja muddatsiz, toʻlov maʼlumoti soʻralmaydi.
Excel’dagi roʻyxatimni koʻchira olamanmi?
Ha. Oʻquvchilar, guruhlar va kurslar Excel’dan yuklanadi.
Telefonda ishlaydimi?
Ha, brauzerda. Ilova oʻrnatish shart emas: oʻqituvchi davomatni telefondan qiladi.
Qaysi tillarda?
Oʻzbekcha, ruscha va inglizcha. Har xodim oʻz tilini tanlaydi.
Bepul reja va Premium
Bepul reja nima beradi?
Oʻquvchilar, guruhlar, davomat, oylik hisob, toʻlovlar, kassa, ish haqi, hisobotlar, shartnomalar va doʻkon. Chegara: 1 filial, 10 ta faol oʻquvchi, 3 ta xodim va 1 ta kurs. Muddat yoʻq.
Chegaraga yetsam nima boʻladi?
Maʼlumot oʻchmaydi va hammasi ishlayveradi. Yangisini qoʻshishda tizim chegarani aytadi va Premiumni taklif qiladi. Ketgan oʻquvchini arxivlasangiz, joy boʻshaydi.
Premium nima qoʻshadi?
Cheklovsiz filial, oʻquvchi, xodim va kurs; ota-onalar uchun Telegram bot; Payme, Click, Uzum va fiskal chek; alohida server va oʻz domeningiz.
Premiumga qanday oʻtiladi?
Paneldagi «Premium» sahifasidan soʻrov yuborasiz yoki bizga yozasiz. Maʼlumotingiz yangi serverga koʻchiriladi, login va parol oʻzgarmaydi.
Premium qancha turadi?
Markazingiz hajmiga qarab kelishamiz — shartnoma va hisob-faktura bilan.
Uzoq vaqt kirmasam-chi?
Bepul markazga 90 kun hech kim kirmasa, u arxivlanadi: server boʻshatiladi, maʼlumot esa saqlanadi. Oldindan uch marta xat yuboramiz. Manzilni ochsangiz, markaz bir daqiqada qaytadi.
Maʼlumot va xavfsizlik
Maʼlumotim qayerda saqlanadi?
Toshkentdagi serverda. Har markazning bazasi alohida, har kecha shifrlangan zaxira olinadi.
Maʼlumotimni yuklab ola olamanmi?
Ha. Har roʻyxat Excel’ga chiqadi, bazaning toʻliq zaxirasini esa oʻzingiz yuklab olasiz.
Xodim nimani oʻzgartirganini bilsa boʻladimi?
Ha, har oʻzgarish jurnalga yoziladi: kim, qachon, nima — eski va yangi qiymati bilan.
Platformaga qanday maʼlumot boradi?
Faqat umumiy statistika: nechta oʻquvchi va guruh, qaysi boʻlimlar ishlatilgani. Oʻquvchilarning ismi, telefoni va summalar platformaga yuborilmaydi.
Savolingizga javob topilmadimi?
Yozing yoki raqamingizni qoldiring — mutaxassisimiz bogʻlanadi.