Xavfsizlik

Maʼlumotingiz qayerda va qanday saqlanadi

Oʻquvchilar, toʻlovlar va maoshlar — markazingizning eng muhim maʼlumoti. Uni shunday saqlaymiz.

  • Server Toshkentda

    Maʼlumotlar bazasi Oʻzbekistondagi serverda saqlanadi.

  • Har markaz alohida bazada

    Har markazning oʻz bazasi bor. Tizim har soʻrovda qaysi markazdan kelganini tekshiradi — boshqa markaz sizning maʼlumotingizga yetib bora olmaydi.

  • Har kecha zaxira

    Zaxira har kecha shifrlangan holda olinadi. Toʻliq zaxirani panelning oʻzidan istalgan payt yuklab olasiz.

  • Rollar va ruxsatlar

    Har xodim faqat oʻziga ruxsat berilgan boʻlim va filialni koʻradi. Butunlay oʻchirish — faqat direktorda.

  • Har oʻzgarish jurnalda

    Kim, qachon va nimani oʻzgartirgani — eski va yangi qiymati bilan yozib boriladi.

  • Kirish nazorati

    Parollar ochiq saqlanmaydi. Direktor ikki bosqichli kirishni yoqishi mumkin — parol va telefondagi kod; bizning adminlarimiz doim shunday kiradi. Nofaol qilingan akkaunt darhol chiqariladi.

  • Tarmoq himoyasi

    Butun sayt va panel HTTPS orqali ishlaydi; server Cloudflare himoyasi ortida.

Bizga nima keladi

Tizimni rivojlantirish uchun platformaga faqat umumiy raqamlar keladi.

Keladi

  • Oʻquvchi, guruh va xodimlar soni
  • Qaysi boʻlimlar ishlatilgani
  • Direktorning ismi va telefoni — bogʻlanish uchun

Hech qachon kelmaydi

  • Oʻquvchi va ota-onalarning ismi va telefoni
  • Toʻlov va maosh summalari
  • Xodimlaringiz maʼlumoti

Savollar

Maʼlumotimni butunlay olib ketsam boʻladimi?

Ha. Toʻliq zaxirani yuklab olasiz, roʻyxatlar Excel’ga chiqadi.

Maʼlumot tasodifan oʻchib ketmaydimi?

Oʻchirilgan yozuv avval savatga tushadi va tiklanadi. Har kecha zaxira olinadi, toʻliq zaxirani oʻzingiz ham yuklab olasiz.

Bugun boshlang. Bepul.

Ikki daqiqada markazingiz tayyor boʻladi. Savol boʻlsa, mutaxassisimiz bilan gaplashing.