Kimlar uchun · Til markazlari

Til markazi uchun tizim

Har kursning oʻz darajalari, har guruhning oʻz jadvali: murojaatdan sinov darsigacha, guruhdan oylik toʻlovgacha — hammasi bir joyda.

Tanish holat

  • Murojaat qilgan odamga qaysi guruh mos kelishini bilish uchun jadvallar varaqlanadi
  • Oʻquvchi keyingi darajaga oʻtganda qarzi va toʻlovlari eski guruhda qolib ketadi
  • Sinov darsiga kelganlar hisobga olinmaydi, qaysi reklama ishlagani nomaʼlum
  • Kitob sotuvi alohida daftarda, kassaga tushmaydi

Tizim bunda nima qiladi

  • Darajalar va guruhlar

    Har kurs oʻz darajalarini oladi — Beginner, Elementary… IELTS. Murojaatda kurs, daraja, qulay kun va soat yoziladi: qaysi darajaga nechta odam kutayotgani bitta doskada koʻrinadi.

  • Sinov darsi va oylik hisob

    Sinov darslari hisobga kirmaydi. Oylik hisob kurs narxi va guruh jadvalidan oʻzi chiqadi, chegirma foiz yoki summada, sababi bilan beriladi.

  • Qaysi reklama ishlaydi

    Qabul hisobotida murojaatlar qayerdan kelgani — Instagram, Telegram, tanish-bilish — va nega ketgani koʻrinadi: narx, jadval yoki manzil.

  • Oʻqituvchi foizi

    Har guruhga oʻz foizi: oʻqituvchi ulushi har toʻlovdan oʻzi hisoblanadi, oy varaqasini direktor tasdiqlaydi.

  • Kitoblar QR bilan

    Har kitob oʻz QR kodi bilan: sotuv kassaga tushadi, qaysi filialda nechta qolgani koʻrinadi.

Savollar

Darajalarni oʻzimiz belgilaymizmi?

Ha. Darajalar roʻyxati markazingizniki: har kursga keraklilarini tanlaysiz va oʻz tartibida qoʻyasiz.

Oʻquvchi keyingi darajaga oʻtsa-chi?

Yangi guruhga koʻchirasiz: qarzi yoki ortiqcha toʻlovi va toʻlov tarixi u bilan birga oʻtadi.

Bepul reja til markaziga yetadimi?

Bepul reja 1 filial, 1 kurs va 10 ta faol oʻquvchi uchun — boshlash va sinab koʻrishga. Markaz kattaroq boʻlsa, Premium cheklovsiz.

Oʻzingiz sinab koʻring

Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.