Imkoniyatlar

Imkoniyatlar

Oʻquvchilar va guruhlar

Murojaat, sinov darsi, guruh va davomat bir joyda — kim qaysi guruhda va qayerda joy boʻsh, darhol koʻrinadi.

Oʻquvchilar va guruhlar — panel skrinshoti

Tanish holat

  • Murojaatlar daftarda yoki Telegram’da qolib ketadi, qoʻngʻiroq qilish esdan chiqadi
  • Qaysi guruhda joy borligini bilish uchun oʻqituvchilarga qoʻngʻiroq qilinadi
  • Davomat qogʻozda, oy oxirida yigʻib chiqiladi

Tizimda qanday

  1. 1

    Murojaatni yozing

    Ism, telefon, qaysi kurs va bizni qayerdan eshitgani. Sinov darsiga yozib qoʻyasiz, natijasi ham yoziladi.

  2. 2

    Guruhga joylang

    Qaysi kursga necha kishi kutayotgani va qaysi guruhda joy boʻshligi koʻrinadi. Qabul qilingan oʻquvchi guruhga bir bosishda tushadi.

  3. 3

    Davomat telefondan

    Oʻqituvchi guruh jurnalini telefonda bir varaqda belgilaydi — qogʻoz ham, qayta yozish ham yoʻq.

  4. 4

    Roʻyxat Excel’dan

    Hozirgi oʻquvchilar roʻyxatini bir marta Excel’dan yuklaysiz — qoʻlda qayta yozish shart emas.

Savollar

Oʻquvchi guruh almashtirsa nima boʻladi?

Koʻchirasiz: qarzi yoki ortiqcha toʻlovi va toʻlov tarixi yangi guruhga oʻtadi.

Tanaffus qilgan oʻquvchi-chi?

Tanaffusdan keyin oʻsha guruhga qaytariladi — tarixi joyida qoladi.

Nechta oʻquvchi qoʻshish mumkin?

Bepul rejada 10 ta faol oʻquvchi, Premiumda cheklovsiz. Ketgan oʻquvchini arxivlasangiz, joy boʻshaydi.

U bilan birga ishlaydi

Oʻzingiz sinab koʻring

Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.