Oʻquvchilar va guruhlar
Murojaatdan guruhgacha: qabul, sinov darsi, jadval va davomat bir joyda.
- Oʻqituvchi davomatni telefondan qiladi
- Guruhlar doskasi: kim qayerda, nechta joy boʻsh
- Roʻyxat Excel’dan bir marta yuklanadi
Oʻquv markazlari uchun
Oylik toʻlov oʻzi hisoblanadi, qarzdor koʻrinib turadi, oʻqituvchi maoshi bir bosishda.
Haqiqiy panel, demo markaz maʼlumoti bilan: sentabr natijasi va oʻqituvchi telefonidagi davomat.
Oldin va tizimda
Har bir markaz shu toʻrt muammoni biladi. Tizim ularni har kuni, oʻz-oʻzidan hal qiladi.
Oldin: Kim toʻlamagani oy oxirida daftardan qidiriladi
Tizimda: Qarzdorlar roʻyxati oʻzi tuziladi: kim, qancha va necha kundan beri
Oldin: Oʻqituvchi maoshi har oy bahs boʻladi
Tizimda: Maosh yigʻilgan puldan foiz yoki oylik boʻyicha oʻzi chiqadi, oʻqituvchi oʻz varaqasini koʻradi
Oldin: Kechqurun kassada pul yetmaydi, sababini hech kim bilmaydi
Tizimda: Smena kupyuralar sanab ochiladi va yopiladi. Farq yozib qoʻyiladi va direktorga koʻrinadi
Oldin: Ota-ona farzandi darsga kelmaganini bir oydan keyin biladi
Tizimda: Davomat belgisi shu zahoti ota-onaning Telegramiga boradi Premium
Imkoniyatlar
Hammasi bitta bazada va bir-biriga bogʻlangan. Premium belgisi Premiumda ochiladigan boʻlimlarni koʻrsatadi.
Murojaatdan guruhgacha: qabul, sinov darsi, jadval va davomat bir joyda.
Oylik hisob kurs narxi va dars kunlaridan oʻzi chiqadi.
Har smena kupyuralar sanab ochiladi va yopiladi.
Maosh yigʻilgan puldan foiz, oylik yoki soatbay hisoblanadi.
Foyda-zarar, oyni yopish va oʻsish bir ekranda.
Shablon bir marta tuziladi, har oʻquvchiga oʻzi toʻldiriladi.
Filiallar, rollar va ruxsatlar. Har oʻzgarish jurnalga yoziladi.
Kitob va forma sotuvi kassaning oʻzida.
Bilim Demo markazi
Oʻqituvchi davomatni belgiladi
Farzand: Nazarova Sabina
Guruh: Beginner — ertalab · 25 sentabr, 09:00
Belgi: ✅ Keldi
Markazning oʻz Telegram boti ota-onaga davomat va qarzni aytadi.
Bilim Demo markazi
✅ Toʻlov qabul qilindi: 450 000 soʻm (Payme)
Farzand: Nazarova Sabina
Hisobga yozildi: sentabr
Ota-ona Payme, Click yoki Uzum orqali toʻlaydi, chek oʻzi chiqadi.
Qanday ishlanadi
Kim nima qiladi va tizim nimani oʻzi bajaradi. ★ — Premiumda.
Yangi murojaat yoziladi va sinov darsiga qoʻyiladi.
Davomat telefondan belgilanadi.
Ota-ona Telegram’da «✅ Keldi» xabarini oladi.
Toʻlov qabul qilinadi, qarz shu zahoti kamayadi.
Ota-ona Payme orqali toʻlaydi, chek oʻzi chiqadi.
Smena yopiladi: kupyuralar sanaladi, Z-hisobot chiqadi.
Hamma oʻquvchiga oylik hisob oʻzi yoziladi.
Maosh hisoblanadi, foyda-zarar koʻriladi, oy yopiladi.
Namuna: bir oylik natija, soʻm. Oy oxirida bu jadvalni tizim oʻzi tuzadi.
Demo
demo.lecxe.uz — tayyor markaz: 85 oʻquvchi, 8 guruh, ikki filial va bir yillik toʻlovlar. Parolsiz, bir bosishda kiriladi. Istagancha oʻzgartiring: har kecha asl holiga qaytadi.
Boshlash
Markaz nomi, manzil, telefon va email. Ikki daqiqa.
Filial, kurs va guruh. Oʻquvchilar roʻyxatini Excel’dan yuklang.
Davomat, toʻlov va kassa birinchi kundan.
Xavfsizlik
Maʼlumot Oʻzbekistondan chiqmaydi.
Boshqa markaz sizning maʼlumotingizga yetib bora olmaydi.
Zaxira shifrlangan holda saqlanadi, uni oʻzingiz ham yuklab olasiz.
Kim, qachon va nimani oʻzgartirgani yozib boriladi.
Oʻzbekcha, ruscha, inglizcha. Har xodim oʻz tilini tanlaydi.
Brauzerda, ilova oʻrnatmasdan.
Narxlar
0 soʻmmuddatsiz
Kichik markaz va repetitor uchun. Asosiy boʻlimlarning hammasi ochiq.
Kelishiladi markaz hajmiga qarab
Oʻsayotgan markaz uchun: cheklovsiz va ota-onalar bilan aloqa.
Savollar
Toshkentdagi serverda. Har markazning bazasi alohida, har kecha shifrlangan zaxira olinadi.
Oʻquvchilar, guruhlar, davomat, oylik hisob, toʻlovlar, kassa, ish haqi, hisobotlar va shartnomalar. Chegara: 1 filial, 10 ta faol oʻquvchi, 3 ta xodim va 1 ta kurs. Muddat yoʻq.
Maʼlumot oʻchmaydi va hamma narsa ishlayveradi. Yangi oʻquvchi qoʻshishda tizim chegarani aytadi va Premiumni taklif qiladi. Ketgan oʻquvchini arxivlasangiz, joy boʻshaydi.
Ha. Oʻquvchilar, guruhlar va kurslar Excel’dan yuklanadi.
Ha, brauzerda. Ilova oʻrnatish shart emas: oʻqituvchi davomatni telefondan qiladi.
Paneldagi «Premium soʻrash» tugmasini bosing yoki bizga yozing. Maʼlumotingiz yangi serverga koʻchiriladi, login va parol oʻzgarmaydi.
Ha. Har roʻyxat Excel’ga chiqadi, bazaning toʻliq zaxirasini esa oʻzingiz yuklab olasiz.
Ikki daqiqada markazingiz tayyor boʻladi. Savol boʻlsa, mutaxassisimiz bilan gaplashing.