Kimlar uchun · Musiqa, sanʼat, sport
Musiqa, sanʼat va sport maktablari uchun tizim
Yakka dars, kichik guruh va katta seksiya — har biri oʻz jadvali, oʻz narxi va oʻqituvchining oʻz sharti bilan.
Tanish holat
- Yakka darslar koʻp: qaysi biri oʻtdi, qaysi biri qoldi — daftarda
- Dars qoldirilsa, oylik summani qoʻlda qayta hisoblash kerak
- Oʻqituvchilar foizda, soatbay yoki oylikda ishlaydi — hisob har xil
- Forma va jihozlar sotuvi hisobsiz ketadi
Tizim bunda nima qiladi
-
Yakka va kichik guruhlar
Guruh bir kishilik ham boʻladi: yakka dars, kichik guruh va katta seksiya bitta roʻyxatda, har biri oʻz jadvali bilan.
-
Oʻtilgan dars hisobi
Kurs narxi necha darsga ekanini belgilaysiz: oylik hisob oʻtilgan darslardan chiqadi, bekor qilingan dars hisobdan tushadi.
-
Foiz, soatbay yoki oylik
Har ustozga oʻz sharti: yigʻilgan puldan foiz, soatbay yoki oylik — varaqa oy oxirida tayyor.
-
Forma va jihozlar
Forma, nota daftari yoki jihoz sotuvi kassaning oʻzida: har buyum QR bilan, qoldigʻi koʻrinib turadi.
Savollar
Haftasiga bir marta keladigan oʻquvchi-chi?
Narx va u necha darsga ekanini oʻzingiz belgilaysiz — hisob oʻtilgan darslardan chiqadi.
Konsert yoki musobaqa kuni dars boʻlmasa?
Darsni «boʻlmadi» deb belgilaysiz — guruhning oylik hisobi qayta hisoblanadi.
Oʻqituvchi ikki filialda ishlasa?
Har filialdagi ishi alohida hisoblanadi — maosh ikki marta sanalmaydi.
Oʻzingiz sinab koʻring
Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.