Kimlar uchun · DTM, IELTS, SAT tayyorlov

Tayyorlov markazi uchun tizim

Bahorda murojaatlar oqimi, yozda intensiv guruhlar, imtihondan keyin ketishlar — tizim mavsumni roʻyxat va raqamlarda koʻrsatadi.

Tanish holat

  • Mavsumda murojaat shunchalik koʻpki, qaytib qoʻngʻiroq qilish unutiladi
  • Bir oʻquvchi matematika, ingliz tili va tarixga qatnaydi — hisobi chalkashadi
  • Bayram yoki oʻqituvchi kasalligida dars qoldiriladi, oylik summa esa oʻzgarmaydi
  • Imtihondan keyin oʻquvchilar ketadi, qarz kimda qolgani oxirida bilinadi

Tizim bunda nima qiladi

  • Mavsumiy qabul

    Har murojaat kurs, qulay kun va soat bilan yoziladi. Qaysi kursga nechta odam kutayotgani koʻrinadi — yangi guruhni qachon ochishni shundan bilasiz.

  • Har fan — oʻz hisobi

    Oʻquvchi har fanni oʻz guruhida oʻqiydi, har biriga oʻz oylik hisobi yoziladi. Dars «boʻlmadi» deb belgilansa, guruh hisobi qayta hisoblanadi.

  • Qarz va oʻqituvchi kesimida

    Qarzlar hisobotida kim qancha va nega qarzdor; oʻqituvchi hisobotida uning guruhlari, yigʻilgan pul va ulushi.

  • Ulush tushgan puldan

    Har fan oʻqituvchisiga oʻz foizi — faqat haqiqatda tushgan puldan hisoblanadi.

  • Ota-onaga eslatma Premium

    Qarz qolsa, ota-onaga Telegram’da eslatma boradi; toʻlov qilinsa — xabar. Premiumda.

Savollar

Qisqa intensiv kurslar-chi?

Kurs narxi necha darsga ekanini oʻzingiz belgilaysiz: hisob oʻtilgan darslardan chiqadi, qisqa kursda ham.

Oʻquvchi kursni oʻrtada tashlasa?

Ketgan kuni belgilanadi: oʻsha kungacha boʻlgan darslar hisoblanadi. Ortiqcha toʻlangan pul qaytarilsa, sababi bilan yoziladi.

Mavsumda koʻp oʻquvchi — bepul reja yetadimi?

Bepul rejada 10 ta faol oʻquvchi. Mavsumga Premium bilan kiring — cheklovsiz.

Oʻzingiz sinab koʻring

Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.