Imkoniyatlar
Oylik toʻlov va qarzdorlik
Oylik hisob kurs narxi va dars kunlaridan oʻzi chiqadi, har toʻlov qarzni shu zahoti kamaytiradi.
Tanish holat
- Kim qancha qarzdorligini hisoblash uchun Excel formulalari buziladi
- Chegirma va qisman toʻlovlar chalkashib ketadi
- Qarzdorlar oy oxirida, kech bilinadi
Tizimda qanday
- 1
Oylik hisobni yarating
Oy boshida bitta tugma hamma faol oʻquvchiga hisob yozadi — nimani yozmagani va nega, ham aytiladi.
- 2
Toʻlovni qabul qiling
Oʻquvchi, oy, summa, naqd yoki karta. Qarz shu zahoti kamayadi.
- 3
Chegirma va sovgʻa kartasi
Chegirma foiz yoki summada beriladi, sovgʻa kartasi toʻlovga ishlatiladi.
- 4
Qarzdorlar roʻyxati
Kim, qancha va necha kundan beri — oy yopilganda har toʻlanmagan hisobga sabab yoziladi.
Savollar
Dars boʻlmasa, hisob oʻzgaradimi?
Ha: «Dars boʻlmadi» deb belgilasangiz, guruhning oylik hisobi qayta hisoblanadi. Oʻquvchi darsga kelmagani esa hisobni oʻzgartirmaydi.
Ortiqcha toʻlangan pulni qaytarsa boʻladimi?
Ha, «Pulni qaytarish» bilan: faqat haqiqatda ortiqcha toʻlangan summa, sanasi va sababi bilan.
Oʻquvchi guruh almashtirsa, balansi-chi?
Saqlanadi: qarz yoki ortiqcha toʻlov yangi guruhga oʻtadi.
U bilan birga ishlaydi
-
Kassa
Har smena kupyuralar sanab ochiladi va yopiladi.
-
Onlayn toʻlov va chek Premium
Ota-ona Payme, Click yoki Uzum orqali toʻlaydi, chek oʻzi chiqadi.
-
Hisobotlar
Foyda-zarar, oyni yopish va oʻsish bir ekranda.
Oʻzingiz sinab koʻring
Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.