Kimlar uchun · IT akademiyalar
IT akademiya uchun tizim
Uzoq kurslar, katta oylik toʻlov va har oʻquvchi bilan shartnoma — tizim ularni bir-biriga bogʻlab yuritadi.
Tanish holat
- Har yangi oʻquvchiga shartnoma Word’da qoʻlda toʻldiriladi
- Kurs oylab davom etadi, kim qaysi oyni toʻlagani chalkashadi
- Reklamaga pul ketadi, qaysi kanal oʻquvchi olib kelgani esa nomaʼlum
- Mentor va oʻqituvchilarga har xil shartda maosh toʻlanadi
Tizim bunda nima qiladi
-
Shartnoma bir bosishda
Oʻz shartnomangizni bir marta shablonga aylantirasiz: ism, kurs, narx va sanalar har oʻquvchiga oʻzi qoʻyiladi — PDF yoki Word tayyor.
-
Oyma-oy toʻlov
Har oy oʻz hisobi bilan: kim qaysi oyni toʻlagan, kim qarzdor — bitta roʻyxatda, sababi bilan.
-
Qaysi kanal ishlaydi
Har murojaatning manbasi yoziladi: qabul hisoboti kanallar boʻyicha nechta murojaat kelgani va nechtasi oʻquvchi boʻlganini koʻrsatadi.
-
Har kimga oʻz sharti
Yigʻilgan puldan foiz, oylik, har oʻquvchi uchun belgilangan summa yoki soatbay — har xodimga oʻziniki.
-
Payme, Click, Uzum Premium
Oʻquvchiga toʻlov havolasi yuboriladi: pul hisobiga oʻzi yoziladi va fiskal chek chiqadi. Premiumda.
Savollar
Shartnoma shablonini oʻzimiz tuzamizmi?
Ha: oʻz matningizni yozasiz yoki Word’dan yuklaysiz, tizim unga oʻquvchi, kurs va toʻlov maʼlumotini qoʻyadi.
Onlayn darslar-chi?
Jadvalda har dars kunining turi belgilanadi — oflayn yoki onlayn.
Onlayn toʻlov bepul rejada bormi?
Yoʻq, Payme, Click va Uzum Premiumda. Bepul rejada toʻlov kassada naqd yoki karta bilan qabul qilinadi.
Oʻzingiz sinab koʻring
Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.