Demo

Tayyor markazga kirib koʻring

Roʻyxatdan oʻtmasdan, parolsiz: toʻla maʼlumotli oʻquv markazi — hisoblar, qarzdorlar, kassa, maosh va hisobotlar. Istagancha bosing: har kecha hammasi asl holiga qaytadi.

Ichida nima bor

  • 85 oʻquvchi
  • 8 guruh, 5 ta kurs
  • 2 filial
  • 12 oylik toʻlovlar tarixi
Demo markazning oʻsish hisoboti: 12 oyda 85 oʻquvchi

Ismlar va raqamlar toʻqima.

Nimani sinab koʻrish mumkin

  1. 1

    Toʻlov qabul qilish

    Qarzdorni toping, toʻlovni yozing — qarz shu zahoti kamayadi va kassaga tushadi.

  2. 2

    Kassa smenasi

    Bugungi smena ochiq: sotuv, xarajat va kassada boʻlishi kerak boʻlgan summa bir joyda.

  3. 3

    Davomat

    Guruh jurnalini oching va bugungi darsni belgilang.

  4. 4

    Oyni yopish

    Oʻtgan oy yopilishini kutmoqda: tekshiring va bir bosishda yoping.

  5. 5

    Maosh varaqalari

    Oʻqituvchi ulushi yigʻilgan puldan hisoblangan; oxirgi oy varaqalari tasdiqni kutmoqda.

  6. 6

    Hisobotlar

    Foyda-zarar, oʻsish, qarzlar va murojaat manbalari — bir yillik maʼlumot bilan.

Demoda nima oʻchiq

  • Xat va Telegram xabarlari yuborilmaydi
  • Onlayn toʻlov va fiskal chekni ulab boʻlmaydi
  • Xodimlar, rollar va sozlamalar faqat koʻrish uchun
  • Excel eksport va zaxira yopiq
  • Oʻchirish faqat savatga

Savollar

Kiritgan maʼlumotimni boshqalar koʻradimi?

Demo hamma uchun bitta: siz kiritgan narsani ertalabgacha boshqa tashrifchilar ham koʻrishi mumkin. Shaxsiy maʼlumot kiritmang — har kecha hammasi tozalanadi.

Demodan oʻz markazimga maʼlumot oʻtkazsa boʻladimi?

Yoʻq, demo faqat koʻrish uchun. Oʻz markazingizni ochsangiz, oʻquvchilar roʻyxatini Excel’dan yuklaysiz.

Nega ertasi kuni hammasi boshqacha?

Demo har kecha soat 03:00 da qaytadan quriladi va sanalari bugunga suriladi — u doim bugungidek koʻrinadi.

Oʻz markazingizni oching

Demoda koʻrganingizning hammasi sizning markazingizda ham ishlaydi — ikki daqiqada, bepul.