Imkoniyatlar

Imkoniyatlar

Jamoa va nazorat

Filiallar, rollar va ruxsatlar: har xodim faqat oʻz ishini koʻradi, har oʻzgarish jurnalga yoziladi.

Tanish holat

  • Hamma xodim hamma narsani koʻradi va oʻzgartiradi
  • Kim nimani oʻchirgani nomaʼlum
  • Topshiriqlar Telegram’da yoʻqoladi

Tizimda qanday

  1. 1

    Rollar

    8 ta tayyor rol yoki oʻzingiznikini tuzasiz: har boʻlimda koʻrish, qoʻshish va tahrirlash alohida.

  2. 2

    Filial boʻyicha

    Xodimga faqat oʻz filiali maʼlumoti koʻrinadi.

  3. 3

    Oʻzgarishlar jurnali

    Kim, qachon va nimani oʻzgartirgani — eski va yangi qiymati bilan.

  4. 4

    Vazifalar va intizom

    Vazifa beriladi va bajarilishi kuzatiladi; kechikish va erta ketish hisobotga tushadi.

Savollar

Xodim ishdan ketsa, akkaunti-chi?

Nofaol qilinadi: hamma qurilmada darhol chiqariladi, tarixi esa saqlanadi.

Telefon yoʻqolsa-chi?

Xodim oʻzi boshqa qurilmalardagi hamma sessiyani bir tugma bilan tugatadi.

Oʻchirilgan yozuvni tiklasa boʻladimi?

Ha: oʻchirilgan yozuv savatga tushadi va tiklanadi. Butunlay oʻchirish faqat direktorda.

U bilan birga ishlaydi

  • Kassa

    Har smena kupyuralar sanab ochiladi va yopiladi.

  • Hisobotlar

    Foyda-zarar, oyni yopish va oʻsish bir ekranda.

  • Ish haqi

    Maosh yigʻilgan puldan foiz, oylik yoki soatbay hisoblanadi.

Oʻzingiz sinab koʻring

Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.