Kimlar uchun · Bolalar markazlari

Bolalar markazi uchun tizim

Ota-ona farzandi darsga kelganini, qancha toʻlaganini va qachon toʻlashini bilishni xohlaydi — tizim buni har kuni oʻzi aytadi.

Tanish holat

  • Ota-onalar «bola darsga keldimi?» deb kun boʻyi qoʻngʻiroq qiladi
  • Bir oilada ikki-uch bola — chegirma va toʻlovlarni qoʻlda hisoblash kerak
  • Bola bir nechta toʻgarakka qatnaydi, har biri alohida daftarda
  • Ota-ona bilan shartnoma qogʻozda, maʼlumotlar qoʻlda koʻchiriladi

Tizim bunda nima qiladi

  • Ota-onaga Telegram xabari Premium

    Farzand darsga keldi yoki kelmadi, toʻlov qabul qilindi, qarz qoldi — ota-onaga oʻz tilida xabar boradi. Premiumda.

  • Aka-uka va tugʻilgan kun

    Bir oiladagi bolalar bogʻlanadi, chegirma sababi bilan beriladi. Oyda tugʻilgan kuni boʻlganlar roʻyxati chiqadi — sovgʻa kartasi keyingi toʻlovga ishlatiladi.

  • Bir nechta toʻgarak

    Bola har toʻgarakda oʻz guruhida: davomat va oylik hisob har biri uchun alohida, lekin hammasi bitta kartada.

  • Ota-ona bilan shartnoma

    Shablon bir marta tuziladi: bola va ota-ona maʼlumotlari kartadan oʻzi qoʻyiladi.

Savollar

Xabar faqat kelmagan kunlari borsa boʻladimi?

Ha: davomat xabarini faqat kelmagan kunlar uchun yoqib qoʻyish mumkin.

Ota-ona botga qanday ulanadi?

Har oila oʻz havolasi yoki QR kodi orqali — markazingiz nomidagi botga.

Telegram bot bepul rejada bormi?

Yoʻq, u Premium imkoniyati. Davomat, toʻlov va shartnoma bepul rejada ham ishlaydi.

Oʻzingiz sinab koʻring

Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.