Imkoniyatlar

Imkoniyatlar

Hisobotlar

Foyda-zarar, oyni yopish, oʻqituvchilar va oʻsish — raqamlar tizimdagi kundalik yozuvlardan oʻzi chiqadi.

Hisobotlar — panel skrinshoti

Tanish holat

  • Oy foydada yoki zararda ekanini bilish uchun kunlar ketadi
  • Qaysi oʻqituvchi va qaysi kurs pul olib kelayotgani nomaʼlum
  • Oʻquvchilar nega ketayotgani koʻrinmaydi

Tizimda qanday

  1. 1

    Foyda-zarar

    Tushum, maosh, xarajat va sof foyda — oy va filial boʻyicha.

  2. 2

    Oyni yopish

    Yopilgan oyga orqaga yozib boʻlmaydi; toʻlanmagan qarzlar sababi bilan qoladi.

  3. 3

    Oʻsish

    Kelgan va ketgan oʻquvchilar, qolish, LTV va zararsizlik nuqtasi.

  4. 4

    Qabul

    Murojaatlar voronkasi va manbalari: qaysi reklama oʻquvchi olib kelyapti.

Savollar

Hisobot uchun alohida maʼlumot kiritish kerakmi?

Yoʻq. Hammasi kundalik yozuvlardan chiqadi: toʻlov, xarajat, davomat, murojaat.

Hisobotlarni kim koʻradi?

Roliga ruxsat berilgan xodim. Direktor hammasini koʻradi.

Excel’ga chiqarsa boʻladimi?

Ha, roʻyxatlar Excel’ga chiqadi.

U bilan birga ishlaydi

  • Oylik toʻlov va qarzdorlik

    Oylik hisob kurs narxi va dars kunlaridan oʻzi chiqadi.

  • Ish haqi

    Maosh yigʻilgan puldan foiz, oylik yoki soatbay hisoblanadi.

  • Kassa

    Har smena kupyuralar sanab ochiladi va yopiladi.

Oʻzingiz sinab koʻring

Markazingiz ikki daqiqada tayyor boʻladi. Bepul, muddatsiz, karta kerak emas.